TOShKENT, 3 apr – Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK ilk bor Urganchdan Italiya poytaxti Rimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda "Jahon" AA xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, samolyot har seshanba kuni Rimdan soat 20:45da parvoz qiladi va ertasiga tong soat 5:45da Urganchga qo‘nadi.
Italiyaga esa samolyot Toshkentdan soat 15:20da havoga ko‘tariladi hamda mahalliy vaqt bilan soat 7:15da Rimga yetib keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkish airlines kompaniyasi Istanbul-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni boshlagandi.