Putin o‘zbekistonlik olimga “Rossiyada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvonini berdi

Obuna bo‘lish
Nabi Ziyodullayev mintaqaviy va jahon iqtisodiyoti, iqtisodiy-matematik modellashtirish, sanoat va bank ishini boshqarish bo‘yicha 7ta shaxsiy va 12ta jamoaviy monografiya hamda 200dan ortiq ilmiy ish muallifi hisoblanadi

TOShKENT, 3 apr – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisod fanlari doktori, professor Nabi Saidkarimovich Ziyodullayevga “Rossiyada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Podrobno.uz xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, unvon o‘zbekistonlik olimning ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi va uzoq yillik samarali faoliyati uchun berildi.

Ucheniy izuchayet  DNK s pomoshyu elektronnogo mikroskopa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik olim Xitoy Fanlar akademiyasi xorijiy a’zosi bo‘ldi

Nabi Ziyodullayev 1944-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1965-yilda Toshkent Xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

1970-90-yillarda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda ilmiy-tadqiqot ishlarining iqtisodiy-matematik yo‘nalishlarini shakllantirish va rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. Olim 1995-yilda Moskvaga, akademik S.Shatalinning Iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar xalqaro jamg‘armasiga taklif etildi va 2006-yilgacha u yerda vitse-prezident bo‘lib ishladi.

Nabi Ziyodullayev mintaqaviy va jahon iqtisodiyoti, iqtisodiy-matematik modellashtirish, sanoat va bank ishini boshqarish bo‘yicha 7ta shaxsiy va 12ta jamoaviy monografiya hamda 200dan ortiq ilmiy ish muallifi hisoblanadi. Olim 5 fan doktori va 40 dan ortiq fan nomzodlarini tayyorlagan.

2013 yildan buyon Rossiya Fanlar akademiyasining Bozor muammolari instituti bosh ilmiy xodimi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0