TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Markaziy bank 3-apreldan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Dollarning kursi o‘tgan haftaga nisbatan 13,94 so‘mga tushdi va 8 100,92 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 63,42 so‘mga pasayib, 9 976,28 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli ham 54 tiyinga arzonlashdi va 141,67 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.