TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Rossiyaning Ulan-Ude shahrida “Pochta Rossii” kompaniyasiga tegishli uchuvchisiz apparat sinov parvozi vaqtida halokatga uchradi, mahalliy OAVlar xabariga asosan.
Dron dastlab balandlikka ko‘tarilgan, keyin keskin pasayib uch qavatli ko‘p xonadonli uyga borib urilgan. Baxtli tasodif tufayli podyezd oldida turgan uch kishiga shikast yetmagan.
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, qiymati 1,2 mln rubl bo‘lgan dron halokatga uchrash sabablaridan biri, bu — yaqin atrofda juda ko‘p Wi-Fi nuqtalari borligi bo‘lishi mumkin ekan.
Sidenov aytishiga qaraganda, dastlab dron boshqa joyda sinalmoqchi bo‘lgan, lekin televidenie iltimosiga binoan, videolavhada chiroyli chiqishi uchun uni pochta bo‘limi yonida uchirishga qaror qilingan.
“Kecha uchirgan edik, hammasi yaxshi o‘tgan edi. Dron kuchli shamolga (16m/s) qarmasdan belgilangan nuqtadan uchib belgilangan joyga borib qo‘ngan edi”, — dedi o‘lka rahbari.
“Ayni damda dron ishlab chiqaruvchilar qurilma qulab tushishi sabablarini o‘rganshmoqda. Salbiy natija ham – natija. Bu ilk loyiha edi, biz bundan o‘zimiz uchun ma’lum bir qator xulosalar chiqarib oldik. Ishlashda davom etamiz”, — dedi ushbu voqeadan so‘ng Buratiya rahbari Aleksey Sidenov.
Uchuvchisiz apparat qulab tushgan joy atrofida 103ta Wi-Fi nuqtasi borligi aniqlangan. Shuningdek, dron ishlab chiqaruvchilari buni raqib kompaniyalardan birortasi ataylab uyushtirgan bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emasligini aytishmoqda.