Samarqandda rus tilida ta’lim beradigan uchta bog‘cha ochildi

© Press-slujba ministerstva narodnogo obrazovaniya RUzDeti v detskom sadu
Deti v detskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyatida 2018-yil oxiriga qadar 50ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari(bog‘chalar) ochilishi rejalashtirilgan. Ilgariroq shaharda to‘rtta shunday muassasa ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, ularning 3tasida ta’lim rus tilida olib boriladi

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Samarqandda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilgan "Zarafshon" nashri.

Shavkat Mirziyoyev pobival v chastnom doshkolnom obrazovatelnom uchrejdenii v Shaxrisabze - Sputnik O‘zbekiston
Prezident bog‘cha mudirasiga avtomobil sovg‘a qildi
Gazeta yozgan ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqand shahridagi "Mingtut" mahallasida 120 o‘rinli rus tilida ta’lim beruvchi "Skazochnaya strana" nodavlat MTM ochilgan. Shuningdek, "Lolazor 2" mahallasida ta’lim rus va o‘zbek tillarida davlat talablari asosida beriladigan "Umka N" xususiy MTM faoliyatini boshlagan. 70 o‘rinli bolalar bog‘chasiga allaqachon 15 nafar kichkintoy qatnashni boshlashgan.

"Bundan tashqari, "Advantage Smart Kids" nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 35 tarbiyalanuvchi ta’lim olishni boshlashgan. "Siyobcha" mahallasi hududida joylashgan bolalar bog‘chasi 70 o‘ringa mo‘ljallangan. Ta’lim rus tilida olib boriladi.

Samarqandda "Asalina-Go‘zalina" nodavlat MTM ham qayta ro‘yxatdan o‘tib, bolajonlarga o‘z eshiklarini ochdi. "Rahmatobod" mahallasida joylashgan 70 o‘rinli bog‘chada 35 bola tarbiyalanmoqda", — deyilgan xabarda.

Endi Samarqand shahrida jami 12 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritayotgani ta’kidlangan.

Davlat dasturiga asosan Samarqand viloyatida 2018-yilda jami 50 ta nodavlat MTM foydalanishga topshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0