TOShKENT, 2 apr — Sputnik. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida yakshanba, 1-aprel kuni motosezon ochilishiga bag‘ishlangan xayriya tadbiri o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tadbirda O‘zbekistonning barcha shaharlaridan, shuningdek, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan kelgan 200 dan ortiq baykerlar ishtirok etdilar.
Motomavsum ochilishi xayriya tadbir sifatida o‘tkazildi. Mehmon sifatida bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va kam ta’minlangan oilalar bolalari taklif etildilar.
Tadbir tashkilotchilari ularga sovg‘alar ulashdilar.
Shuningdek, motomavsumning ochilish marosimida Bo‘ka tumanidagi №15 sonli bolalar uyi tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etdilar, ular orasida ""Ti super! Tansi" loyihasi ishtirokchilari — nastasiya Molokova, Durdona Irgasheva i Monika Dodarbekovalar bor edi.
Qizlar chiqishi mehmonlarning gulduros olqishiga sazovor bo‘ldi.
O‘tgan yakshanba O‘zbekistonda sovuq bo‘lganiga qaramay, Toshkentning ko‘plab aholisi tadbirni tomosha qilgani o‘z farzandlari bilan kelishdi.
"Krilya Origami" guruhi o‘zlarining qaynoq dasturlari bilan tomoshabinlarga sovqotishga imkon qoldirishmadi.