Buxoroda “Malibu”da mol o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

© gm.caAvtbomobil "Chevrolet Malibu"
Avtbomobil Chevrolet Malibu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qing‘ir harakatlaridan hech kim shubhalanmasligi uchun qaynota-kuyov qo‘lga kiritilgan qo‘y-qo‘zilar va qoramollarni ham “Malibu” avtomashinasida tashib kelganlar.

TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Buxoro viloyatining turli tumanlarida bir necha vaqtdan beri qo‘y va mol o‘g‘irlash bilan shug‘ullanib kelgan jinoyatchilar nihoyat qo‘lga olindi.

Buxoro viloyatining turli tumanlari IIBlariga fuqarolardan sigir va qo‘ylari g‘oyib bo‘lgani haqida arizalar olishadi. Xususan, Romitan tumanda yashovchi Beshim Safarov molxonasidan bahosi 5 mln so‘mlik sigiri yo‘qolganini, Shofirkon tumanidan  Hakim Qazoqov molxonasidan 400 ming so‘mlik qo‘yi o‘g‘irlab ketilganligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.

Qidiruv ishlari olib borayotgan IIB xodimlari Romitan tumani O‘ba mahalla fuqarolar yig‘ini, Yoqubshayx qishlog‘ida tunda shubhali kezib yurgan “Malibu” avtomashinasiga e’tibor qaratishdi.Davlat raqami orqali tekshirib ko‘rilganda,  ushbu avtomashina Vobkent tumani, Shakarkent MFY, Xalach qishlog‘ida yashovchi, 1960-yilda tug‘ilgan Aminov Shamsi Sharopovichga tegishli ekanligi aniqlandi.

Shamsi Aminov muqaddam sodir etgan turli jinoyatlari uchun 9 marotaba sudlanib, oxirgi marotaba giyohvandlik bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarni sodir qilganligi uchun jazo muddatini o‘tab chiqqanligi aniqlangan.

Aminov o‘zining kuyovi, muqaddam sudlangan Ergashov Mardon Majidovichni o‘ziga sherik qilib oladi. Jinoyatchilar puxta reja tuzgan holda,  Buxoro viloyatining turli hududlarida qoramol va qo‘y-qo‘zilarini yashirin ravishda o‘g‘irlashga kelishib oladilar.

Qing‘ir harakatlaridan hech kim shubhalanmasligi uchun qaynota-kuyov qo‘lga kiritilgan qo‘y-qo‘zilar, hattoki, qoramollarni ham Shamsi Aminovga tegishli bo‘lgan Malibu rusumli avtomashinada tashib kelganlar.

Aminovning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, dala hududida joylashgan molxonasida turli hududlardan o‘g‘irlab kelingan qo‘y-qo‘zilar va qoramollar, bundan tashqari, turli ehtiyot qismlar va yoqilg‘i mahsulotlari borligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan  fuqarolar Mardon Ergashov va Shamsi Aminovlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining  169-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0