Tarbiyachi bog‘cha bolalariga qo‘l ko‘targani ortidan bir necha kishi ishdan bo‘shatildi

© Foto : STRIzbiyenie rebenka. Postanovochnoe foto
Izbiyenie rebenka. Postanovochnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bog‘cha mudirasi, tarbiyachi, tarbiyachi yordamchisi, hamshira va shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i ishdan bo‘shatilgan

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. 30 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda bog‘cha tarbiyachisi tarbiyalanuvchilarni urganligi aks etgan videolavhadagi holat Jizzax shahrida yuz berganligi aniqlandi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Bildirilishicha, ushbu holat yuzasidan Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tezkor guruh tuzilib, surishtiruv ishlari olib borildi. Surishtiruv davomida videolavhadagi ayol Jizzax shahridagi №39 "Navro‘z" maktabgacha ta’lim muassasasida 2007-yildan buyon ishlayotgan oliy ma’lumotli pedagog Mohira Mamatqulova ekanligi aniqlandi.

Surishtiruv davomida, uning 11-yillik ish faoliyati davomida kamchilik kuzatilmaganligi, 27-mart kuni oilaviy muammolari tufayli asabiylashganligi va kayfiyati yo‘qligi sabab tarbiyalanuvchilarni qo‘l ishlatish yo‘li bilan tinchlantirishga harakat qilganligini bayon etdi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi o‘tkazgan tezkor surishtiruv yakuni bilan O‘zbekiston Mehnat kodeksining 100-moddasi 4-qismiga binoan tarbiyachi M. Mamatqulova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, qonuniy chora ko‘rish uchun Jizzax shahar prokuraturasiga hujjatlar topshirilgan. Hozirda prokuratura organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

"Shuningdek, mazkur maktabgacha ta’lim muassasasining mudirasi vazifasini 2018-yilning 27-mart kunidan buyon bajarib kelayotgan Nafisa Gulmurotova, tarbiyachi yordamchisi Dilbar Hamroyeva hamda hamshira Gulnoza Xolmamatovalar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari ham bekor qilinganligini ma’lum qilamiz", deyiladi xabarda.

Xabarda qayd etilishicha, bugun 31-mart kuni Jizzax shahrida Maktabgacha ta’lim vazirligi rahbariyati, Jizzax viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi, tuman va shahar maktabgacha t’lim bo‘limlari rahbarlari, Jizzax shahridagi barcha MTM mudiralari va tarbiyachilari (jumladan "Navro‘z" nomidagi №39 MTM xodimlari) ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilib, bunday noxush holatlarni takrorlamaslik va har bir xodim o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilish davomida o‘z ishida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Jizzax shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i Faxriddin Qodirov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Yangiliklar lentasi
0