O‘zbekistonda bir sutka ichida ikkinchi zilzila qayd etildi

© AFP 2023 / FREDERICK FLORINSeysmografiya, arxivnoe foto
Seysmografiya, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zilzila kuchi Toshkent shahrida 2 ball, Toshkent viloyatida 2 ball, Samarqandda 2 ball, Sirdaryoda 2 ball, Farg‘onada 2 ball, Namanganda 2 ball, Andijonda 2 ball, Jizzaxda 2 ball, Qashqadaryoda 2 ball va Surxondaryoda 2-3 ballni tashkil etdi

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekiston hududida 30-mart kuni soat 23:45da hududida yer silkinishi qayd etildi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lumotiga ko‘ra, zilzila markazi Toshkent shahridan 465 kilometr uzoqlikda Afg‘oniston hududida bo‘lib, kuchi 5,2 ballni tashkil etgan.

Zemletrasenie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hududida zilzila qayd etildi

"Zilzila kuchi Toshkent shahrida 2 ball, Toshkent viloyatida 2 ball, Samarqandda 2 ball, Sirdaryoda 2 ball, Farg‘onada 2 ball, Namanganda 2 ball, Andijonda 2 ball, Jizzaxda 2 ball, Qashqadaryoda 2 ball va Surxondaryoda 2-3 ballni tashkil etdi", — deb xabar beriladi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi tomonidan.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.

Eslatib o‘tamiz, 30-mart kuni tongda ham zilzila qayd etilgandi. Zilzila markazi Toshkentdan 360 kilometr janubda Tojikiston hududida bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0