Jizzax viloyatiga hokim saylandi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Viloyatda yangi sanoat korxonalari tashkil etish, qishloq xo‘jaligida islohotlarni davom ettirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan Ergash Soliyev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan Jizzax viloyati hokimi etib saylandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Jizzax shahri Zargarlik mahallasida aholi bilan suhbatlashdi. - Sputnik O‘zbekiston
Prezidentning Jizzaxga tashrifi: paxta eksporti, bog‘cha va maktablarda kameralar o‘rnatilishi

Xabarda aytilishicha, "Manas" qishlog‘idagi madaniyat saroyida 30-mart kuni xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Viloyatda yangi sanoat korxonalari tashkil etish, qishloq xo‘jaligida islohotlarni davom ettirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi. Paxta maydonini qisqartirish evaziga meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, mahsulotni saqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan korxonalar tashkil etish, lalmi yerlarga eksportbop ekinlar ekish, tog‘oldi hududlarda dorivor o‘simliklar yetishtirish, chorvachilikni rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Prezident tavsiyasiga binoan Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan Ergash Soliyev Jizzax viloyati hokimi etib saylandi.

Yangiliklar lentasi
0