TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Farg‘onada fuqaroga pichoq bilan jarohat yetkazgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.
"Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida 27-mart kuni soat 14.00larda, "Furqat" MFY Guliston ko‘chasi 28-uyda yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan Sh.Husanov, Qo‘rg‘oncha mahallasi hududida o‘zaro janjal oqibatida tanishi, 1996-yilda tug‘ilgan A.Meliboyevning kurak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada A.Meliboyev kasalxonaga yotqizilgan. Sh.Husanov qo‘lga olingan", — deyilgan xabarda.