Mirziyoyev Jizzax shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilishini ko‘zdan kechirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev osmotrel mnogokvartirnie doma, stroyashiyesya na ulitse Mustakillik v Djizake
Shavkat Mirziyoyev osmotrel mnogokvartirnie doma,  stroyashiyesya na ulitse Mustakillik v Djizake - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari zarur qurilish materiallarini viloyatning o‘zida ishlab chiqarish, bu boradagi tajriba va texnologiyaga ega zavodlarni jalb etib, shunday korxonalar tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi

TOShKENT, 30 mar – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida Jizzax shahri Mustaqillik ko‘chasida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilishini ko‘zdan kechirdi.

Bu yerda 10 ta 7 qavatli uy barpo etilmoqda. Joriy yil Mustaqillik bayrami kunlari ularning foydalanishga topshirilishi natijasida 420 ta oila yangi uyli bo‘ladi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Sharof Rashidov tumani Uchtepa shaharchasida ko‘p qavatli, “Toqchilik” qishloq fuqarolar yig‘inida arzon uy-joylar qurish, Islom Karimov ko‘chasi bo‘yicha zamonaviy infratuzilma obyektlari barpo etish, Toshkent va Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan hudud qiyofasini o‘zgartirish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va boshqa loyihalar rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s investitsionnimi proyektami v Djizake - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda

Davlat rahbari bu ishlarga zarur qurilish materiallarini viloyatning o‘zida ishlab chiqarish, bu boradagi tajriba va texnologiyaga ega zavodlarni jalb etib, shunday korxonalar tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Prezident shuningdek Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘iga keldi. “Manas” qishloq fuqarolar yig‘inida Jizzax viloyatida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Mirziyoyev terini qayta ishlash, agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat klasteri barpo etish, tuya suti bilan davolaydigan klinika tashkil qilish borasidagi takliflarga alohida e’tibor qaratdi.

Aholining tomorqa xo‘jaliklaridan samarali foydalanishiga ko‘maklashish, fermer va dehqon xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha konsalting xizmati ko‘rsatish, moliyalashtirish bazasini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yangiliklar lentasi
0