Bog‘cha tarbiyachisi tarbiyalanuvchilarni urganligi yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi

© Foto : STRIzbiyenie rebenka. Postanovochnoe foto
Izbiyenie rebenka. Postanovochnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur holat bo‘yicha maxsus ishchi guruhi surishtiruv ishlarini boshlagan

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘cha tarbiyachisi bolalarga qo‘l ko‘tarayotgani aks etgan videoyozuv paydo bo‘ldi.

Bu internet foydalanuvchilarining keskin fikrlariga sabab bo‘ldi. Ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va Maktabgacha ta’lim vazirligi surishtiruv boshlaganligi xabar qilinmoqda.

Vazirlik matbuot xizmatining bildirishicha, mazkur holat bo‘yicha maxsus ishchi guruhi surishtiruv ishlarini boshlagan. Maxkur guruh voqeaga oydinlik kiritadi.

"Mazkur holat yuzasidan o‘tkaziladigan tekshiruv rahbariyatning maxsus nazorati ostiga olindi. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha Maktabgacha ta’lim vazirligi jamoatchilikni xabardor qilib boradi", — deyiladi vazirlik matbuot xizmati tomonidan.

O‘tgan haftada O‘zbekiston Adliya vazirligi respublikadagi har bir maktabgacha ta’lim muassasasi hududi, o‘yin maydonchalari internet orqali kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan video kuzatuv texnikasi bilan jihozlanishini ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0