Shavkat Mirziyoyev: rahbarlar pastda yurishi, xalqqa xizmat qilishi kerak

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev pobesedoval s jitelyami maxalli Zargarlik goroda Djizaka
Prezident Shavkat Mirziyoyev pobesedoval s jitelyami maxalli Zargarlik goroda Djizaka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahri Zargarlik mahallasida aholi bilan suhbatlashdi

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Jizzax shahri Zargarlik mahallasida aholi bilan suhbatlashdi.

"Hamma joyda o‘zim yurganimning sababi – boshqa rahbarlar ham pastda yurishi, hayotni o‘rganishi, oyog‘i yerdan uzilmay, xalqqa xizmat qilishi uchun. Jizzaxga ham viloyatni rivojlantirish, odamlarga har tomonlama sharoit yaratish bo‘yicha ko‘pdan-ko‘p rejalar bilan keldik", dedi O‘zbekiston rahbari.

Prezident Forish tumanida suv ombori qurish orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, "Obod qishloq" dasturi asosida qishloqlardagi ahvolni yaxshilash xususida so‘z yuritdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev pobesedoval s jitelyami maxalli Zargarlik goroda Djizaka
Prezident Shavkat Mirziyoyev pobesedoval s jitelyami maxalli Zargarlik goroda Djizaka - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev pobesedoval s jitelyami maxalli Zargarlik goroda Djizaka

"Ko‘rapsizlar, ko‘p tizimlarni o‘zgartirapmiz, odamlarga oson bo‘lishi uchun hamma choralarni ko‘rapmiz. Odamlar ham o‘zi uchun harakat qilishi, davlat yaratayotgan imkoniyatlardan foydalanishi kerak", —dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, bugun davlat rahbari Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Prezident tashrifi doirasida Zarbdor tumanidagi "Zarbdor tekstil" mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldi, Jizzax viloyatida to‘qimachilik, kimyo, farmatsevtika sohalarini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etishga doir loyihalar bilan tanishdi.

Yangiliklar lentasi
0