Mening eng katta maqsadim odamlarni ish bilan, daromad bilan ta’minlash - Mirziyoyev

Obuna bo‘lish
Prezident Zarbdor tumanidagi "Zarbdor tekstil" mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi

TOShKENT, 30 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 30-mart kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev na neformalnoy vstreche glav gosudarstv SNG - Sputnik O‘zbekiston
Prezident 30-mart kuni Jizzax viloyatiga boradi

Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, prezident dastlab Zarbdor tumanidagi "Zarbdor tekstil" mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Yangidan qurilib, foydalanishga topshirilayotgan bu korxonada mingdan ortiq kishi doimiy ish bilan ta’minlanadi. Mahsulotlar ichki bozorni to‘ldirib, eksportga ham yo‘naltiriladi.

Ushbu korxonani bunyod etish bo‘yicha prezidentning o‘tgan yili viloyatga tashrifi chog‘ida topshiriq berilgan edi.

"Mening eng katta maqsadim odamlarni ish bilan, daromad bilan ta’minlash. Endi bir kilogramm paxtamizniyam chetga sotmaymiz, yurtimizda qayta ishlaymiz, qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqaramiz", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda Jizzax viloyatida to‘qimachilik, kimyo, farmatsevtika sohalarini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etishga doir loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Yangiliklar lentasi
0