Toshkent anjumani uchun maxsus - "Tinchlik uchun” qo‘shig‘i yaratildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlagi stran-uchastnis konferensii po Afganistanu v Tashkente
Flagi stran-uchastnis konferensii po Afganistanu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘shiqni taniqli o‘zbek xonandalari Ozodbek Nazarbekov, Nasiba Abdullayeva, Gulsanam Mamazoitova, Farrux Zokirov, Ramiz Usmonov, Milena Matmusayeva, “Farxod va Shirin” dueti va “Tantana” bolalar guruhilari ijro etishgan.

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekistonning yetakchi san’atkorlari ishtirokida tinchlikka bag‘ishlangan qo‘shiq va uning klipi suratga olindi, deb xabar qilmoqda Komil Allamjonov  o‘zining Facebookdagi sahifasida.

Prezident matbuot kotibi aytishiga qaraganada ushbu qo‘shiqning g‘oyasidan boshlab klipini suratga olish uchun faqat ikki kun sarflangan.

“Ikki kunlik mehnatimiz mahsuli — g‘oya, she’r, musiqa, klip olish jarayoni, hammasi atigi ikki kunda!”, — deyilgan xabarda.

Allamjonov qo‘shiq va klipni yaratishga hissa qo‘shgan barchaga minnatdorlik bildirgan: klip rejisserlari – Husan Saldixov, Javlon Aliyev, Farrux Abduvasikov, ovoz rejisseri — Dilmurod Matkarimov, montaj uchun Shuhrat Jalilov, maslaxatlar uchun Minhojiddin Mirzo Xodjimatov, “O‘zbek konsert” direktori Odiljon Abduqaxxorov, go‘zal tarona uchun – Nodir Umarov, ta’sirchan matn uchun – Botir Ergashev, san’atkorlar: O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov, Nasiba Abdullayeva, Gulsanam Mamazoitova, Farrux Zokirov, Ramiz Usmonov, Milena Matmusayeva, “Farxod va Shirin” dueti va “Tantana” bolalar guruhi.

Yangiliklar lentasi
0