O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaraoldi viloyatlari Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

© Pravitelstvo KRVitse-premyer-ministri Kirgizstana i Uzbekistana v gorode Osh obsujdayut prigranichnie voprosi
Vitse-premyer-ministri Kirgizstana i Uzbekistana v gorode Osh obsujdayut prigranichnie voprosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kengash yig‘ilishida ikki mamlakat viloyatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi

TOShKENT, 28 mar – Sputnik. 29-mart kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalari chegaraoldi viloyatlari rahbarlari Kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

V Andijan pribila delegatsiya s goroda Osh - Sputnik O‘zbekiston
O‘sh shahri meri: ikki xalqni bir-biridan ajratmoqchi bo‘lganlar xato qiladi

O‘zbekiston delegatsiyasiga mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov boshchilik qiladi.

Kengash yig‘ilishida ikki mamlakat viloyatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, kengash O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 5-6 sentabr kunlari Qirg‘izistonga tashrifi doirasida imzolangan O‘zbekiston Respublikasining chegaraoldi viloyatlari hokimlari va Qirg‘iziston Respublikasi hukumatining chegaraoldi viloyatlaridagi vakolatli vakillari Kengashini tashkil etish to‘g‘risida anglashuv memorandumiga muvofiq tashkil etilgan.

O‘tgan vaqt davomida ikki mamlakat chegaraoldi viloyatlari vakillari o‘zaro tashriflarni amalga oshirdi.

Yangiliklar lentasi
0