Rossiyada uch yildan ortiq yashagan nolegal migrantlarga amnistiya berish taklif qilinmoqda

© Sputnik / Andrey SteninZaderjannie migranti vo vremya reyda politsii
Zaderjannie migranti vo vremya reyda politsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashabbus guruhi nolegallarni chiqarib yuborgandan ko‘ra ularni kechirish Rossiyaga foydaliroq bo‘ladi deb hisoblamoqda

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Rossiya IIV huzuridagi jamoatchilik kengashi mamlakatda uch yildan ortiq noqonuniy yashagan xorijliklarni "amnistiya" qilishni taklif etmoqda, deb ma’lum qildi kengash raisi Anatoliy Kucherena.

"Bugun Rossiya hududida qandaydir sabablar bilan mamlakatda yashayotganligini rasmiylashtira olmagan uch yildan ortiq yashagan fuqarolarga amnistiya qo‘llash tashabbusi bilan chiqdim", — degan Kucherenaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Uning aytishicha, bunday qaror foyda keltiradi, zero "mazkur soha"da repressiv uslublar orqali tartib o‘rnatib bo‘lmaydi.

U agar mana shunday amnistiya qo‘llansa, odamlar ishlab topgan daromadlaridan soliq to‘lashlarini, bu esa ayniqsa Rossiyada 10-yildan buyon yashab kelayotgan va oilasiga ega migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborgandan ko‘ra foydaliroq bo‘lishini qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0