“Chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimi” dasturi yaratildi

© Sputnik / Vitaliy AnkovStudenti v auditorii
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
DTM mutaxassisi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu dasturining asosiy maqsadi - xorijiy tilni bilish darajasini aniqlashni istovchilar uchun qulaylik yaratishdir

TOShKENT, 25 mar – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida “Chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimi” deb nomlangan dastur ro‘yxatdan o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda Agentlik matbuot xizmati.

Vazirlik axboroti: chet tillarini bilish milliy test tizimida baholanadi

Davlat test markazi mutaxassisi Nizomiddin Ochilov tomonidan ishlab chiqilgan ushbu dasturining asosiy maqsadi — xorijiy tilni bilish darajasini aniqlash istovchilar uchun qulaylik yaratishdir.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yangi dastur foydalanuvchidan qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatish talab etmaydi va bir vaqtning o‘zida bir nechta kishi xorijiy tilni bilishi va bilim darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovida qatnashishi imkonini beradi.

“Chet tillarni bilish darajasini baholashning Milliy test tizimi”ning vazifasi — xalqaro e’tirof etilgan standartlarga muvofiq xorijiy tillarni bilish darajasini baholash, masofadan turib internet orqali testdan o‘tkazishni tashkil etish, xorijiy tilni bilishi va bilim darajalarini aniqlashga qarab davlat namunasidagi tegishli malaka sertifikatini berishdan iborat”, — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning avgust oyida Ta’lim vazirligi tomonidan e’lon qilingan yuqoridagi test tizimi,"Tinglab tushunish" (Listening), "O‘qish" (Reading), "Yozish" (Writing), "Gapirish" (Speaking) ko‘nikmalari asosida baholash mexanizmlari ishlab chiqishni nazarda tutgan. Ushbu imtihonlardan o‘tgan va taaluqli sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar ta’limning keyingi bosqichlarida turli imtiyozlarga ega bo‘lishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0