TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Navoiy-Nurota avtomobil yo‘lining 29-kilometrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi qurbon bo‘ldi va 5 kishi jarohat oldi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.
23 mart kuni soat 06:45larda, “Navoiy-Nurota” 4-R57 avtomobil yo‘lining 29-kilometrida “Kaptiva” rusumli avtomashina yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib “Matiz” avtomashinasi bilan to‘qnashdi.
To‘qnashuv oqibatida “Matiz” avtomashinasi xaydovchisi 1990 yilda tug‘ilgan S.Jabborov va uning yo‘lovchisi, A.Po‘latovlar jarohat olib, voqea joyida halok bo‘ldi. Qolgan 4 nafar yo‘lovchilari, turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.
“Kaptiva” avtomashinasi haydovchisi, Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Rovot” mahallasida yashovchi, 1959-yilda tug‘ilgan M.Ochilov xam turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Ayni damda prokuratura organlari tomonidan mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.