Sodiq Safoyev Afg‘oniston muammosidagi asosiy ziddiyat nimaligini aytdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPerviy zamestitel predsedatelya Senata Sadik Safayev
Perviy zamestitel predsedatelya Senata Sadik Safayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Senator Sodiq Safoyev Simpoziumlar saroyida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda Afg‘oniston masalalari bo‘yicha xalqaro anjuman nega aynan Toshkentda o‘tkazilayotgani haqida gapirdi va Afg‘on inqirozidagi asosiy ziddiyat sababini oshkor qildi

TOShKENT, 24 mar — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Afg‘on muammosidagi asosiy ziddiyat shundan iboratki, u yerda qurol-aslaha, moliyaviy mablag‘lar ortig‘i bilan, ammo diplomatiya va siyosat tanqisligi sezilmoqda, dedi 24-mart kuni Simpoziumlar saroyida tashkil qilingan tadbirda Oliy Majlis senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev.

Senator anjuman nima uchun Toshkentda o‘tkazilayotgani haqida to‘xtalar ekan, buning uchta omili borligini ta’kidlab o‘tdi.

Birinchi omil: Markaziy Osiyoda batamom yangi siyosiy muhit barpo etilishi

Siyosatchining fikricha, bu bilan mintaqaviy dasturlarni, shu jumladan, Afg‘oniston bilan, Afg‘oniston mojarosi bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni mushtarak yondashuvlar asosida hal qilishga zamin yaratildi.

Ikkinchi omil: Toshkentning xalqaro jabhadagi o‘rni

"Buni e’tirof etishimiz kerak, oxirgi bir yil davomida Toshkentning xalqaro jabhada tutgan o‘rni batamom o‘zgardi. Bu voqelik obyektiv va buni tan olish kerak. Olib borilayotgan faol mintaqaviy siyosat natijasida O‘zbekistonni obro‘yi, uning tutgan o‘rni va ta’siri ortib bormoqda", — degan fikrni bildirdi Safoyev.

Afganskaya molodej - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘onistonlik Asila: O‘zbekistonga kelib tinchlik nimaligini his etdim

Spiker, shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslariga e’tibor kattaligiga e’tibor qaratdi.

"Birlashgan Millatlar Tashkilotining 72 Assambleyasida prezidentimiz yana bir bor Afg‘oniston muammosiga xalqaro hamjamiyat e’tiborini jalb etdi va u yerda va mana shu konferensiyaning falsafasini ifodalovchi konseptual fikrlar ilgari surildi. BMT tashkilotining yuqori martabali vakillari bilan uchrashganimizda, ular shuni aytdi-ki, agar Bosh Assambleyada 200ga yaqin davlat rahbarlari so‘zga chiqqan bo‘lsa, atigi sanoqlisi Afg‘oniston muammosi haqida gapirgan ekan. Vaholanki bu dunyo miqyosidagi global muammo bo‘lib turmoqda", — deb ta’kidladi siyosatchi.

Oxirgi, uchinchi omil: diplomatiya va siyosiy yondashuv tanqisligi

Safoyevning aytishicha, uzoq yillar davomida Afg‘oniston muammosini hal qilishga qaratilgan ko‘pgina harakatlar bo‘ldi. Ikki tomonlama, ko‘p tomonlama konferensiyalar o‘tkazildi, u yerga katta mablag‘lar yo‘naltirildi.

Vladimir Norov - Sputnik O‘zbekiston
Norov Afg‘oniston urushining uch bosqichi haqida

"Aytaylik, AQShning o‘zi 100 milliard dollardan ortiq texnika yordamini ko‘rsatdi, Yevropa Ittifoqi 7 milliard dollardan ortiq yordam berdi, harbiy  nuqtayi nazardan ko‘plab mablag‘lar yo‘naltirilmoqda", — dedi siyosatchi.

Shu o‘rinda Afg‘oniston muammosidagi asosiy ziddiyat haqida fikr bildirar ekan: "Menimcha afg‘on muammosidagi asosiy ziddiyat shundan iboratki, u yerda qurol-aslaha, moliyaviy mablag‘lar bisyor, ortig‘i bilan, ammo diplomatiya va siyosat tanqisligi sezilmoqda", — dedi Safoyev va O‘zbekistonda, ya’ni Toshkentda o‘tayotgan anjuman aynan shu tanqislikni — diplomatiya va siyosiy yondashuv tanqisligini yechishi kerak, deya qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0