Mirziyoyev chigit ekishni mutlaqo yangi tizimda tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

© Sputnik / Georgiy Zelma / Mediabankka o‘tishNoviy sort xlopchatnika "Tashkenti"
Noviy sort xlopchatnika Tashkenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yil 1 million 71 ming gektardan ortiq maydonga chigit ekish belgilangan

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. O‘zbekistonda chigit ekish ishlarini mutlaqo yangi tizim bo‘yicha tashkil etiladi.

Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-mart kuni qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Bu yil 1 million 71 ming gektardan ortiq maydonga chigit ekish belgilangan. Bu 2017-yilga nisbatan 135 ming gektarga, 2016-yilga nisbatan esa 184 ming gektarga kamdir.

Mujchini vo vremya sbora xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Paxta yetishtiradigan fermerlarga kreditlar ajratiladi

Chunki fermerlarga faqat zarar keltiradigan, hosildorligi 15 sentnerdan past bo‘lgan yerlarga paxta ekishdan voz kechildi, buning o‘rniga xaridorgir mahsulotlar ekilishi belgilandi.

"Eng asosiysi, qishloq xo‘jaligida iqtisodiy asosli va adolatli tizim yaratilib, paxta-g‘allaning xarid narxi xarajatlarni qoplaydigan va foydani ta’minlaydigan qilib belgilab qo‘yildi. Endi "chigit ekishga mablag‘ yetmayapti, yoqilg‘i yo‘q" degan bahonaga o‘rin qolmadi, ajratilayotgan mablag‘lar barcha tadbirlar uchun yetadi", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois prezident Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va tumanlardagi sektorlar rahbarlariga chigit ekish ishlarini mutlaqo yangi tizim bo‘yicha tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Mavsumda talab etiladigan urug‘lik, mineral o‘g‘it, chigit ekish texnikasi va yoqilg‘i-moylash mahsulotlarini aniq hisob-kitob va jadval asosida yetkazib berish, 15-aprelgacha chigit ekish ishlarini to‘liq yakunlab, 25-aprelga qadar nihol undirib olish zarurligi ta’kidlandi.

O‘tgan yili mamlakatda 2,9 million tonnadan ortiq paxta xom ashyosi yig‘ishtirib olindi. O‘zbekiston paxta tolasi ishlab chiqarish va uni eksport qilish bo‘yicha jahonning yetakchi mamlakatlari o‘ntaligiga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0