TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Bugun Butunjahon boks seriyasida ishtirok etayotgan "Uzbek Tigers" jamoasi Bogotada "Colombia Heroicos" jamoasiga qarshi jang o‘tkazdi. Bu haqda olamsport.com xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, o‘zbekistonlik bokschilar 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi.
Martinez Rivas Yuberjen — Mironshoh Ibragimov 2:0 (Yuberjen ikkinchi raunddan so‘ng texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi).
Martinez Jon — Shahobiddin Zoirov 0:3 (Zoirov uchinchi raunddan so‘ng raqibini nokautga uchratdi).
Gutiyerrez Jon — Iqboljon Xoldorov 0:3.
Vivas Jorj — Isroil Madrimov 2:1.
Xulio Devis — Sanjar Tursunov 3:0.
"Uzbek Tigers" navbatdagi jangni 7-aprel kuni O‘zbekistonda venesuelalik raqiblarga qarshi o‘tkazadi.