Maktab o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasi viloyat bosqichi boshlandi

© Nuz.uzShkolniki Tashkenta sdayut YeGE
Shkolniki Tashkenta sdayut YeGE - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yilgi viloyat bosqichida 13 mingdan ortiq o‘quvchi o‘zaro bellashmoqda

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Bugun umumta’lim maktablarining 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyat bosqichi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Predpriyatiya Novorossiyska - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yangi maktab formasini sinovdan o‘tkazish boshlandi

Mazkur olimpiada 22 ta fan bo‘yicha 3 ta bosqichda: maktab, tuman (shahar) va viloyat bosqichida 9 va 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Bu yilgi viloyat bosqichida 13 mingdan ortiq o‘quvchi o‘zaro bellashmoqda.

Fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi ikki turda: 23-mart kuni yozma ish va 24-mart kuni test sinovi ko‘rinishida tashkil etiladi.

"Xalq ta’limi vazirligi tomonidan fan olimpiadasining yo‘riqnoma va Nizom talablari asosida va adolatli o‘tkazilishi qat’iy nazoratga olingan", — deyiladi xabarda.

Umumta’lim fanlari bo‘yicha olimpiadaning III (viloyat) bosqichida har bir fandan 76 balldan yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritadi. Fan olimpiadasi g‘oliblari hududiy tashkiliy qo‘mitasining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Vazirlik axborot xizmatining bildirishicha, umumta’lim fanlari bo‘yicha olimpiada o‘quvchi-yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini aniqlash, ularni rag‘batlantirish, o‘quvchilarda o‘zlari tanlagan fanlar va ixtisosliklarni chuqur o‘rganishga qiziqishlarini oshirish, kelajakda kasblarni to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etiladi.

Yangiliklar lentasi
0