Granatani tushirib yuborgan askarni zobit qutqarib qoldi

© Sputnik / Kirill Kuxmar / Mediabankka o‘tishVsearmeyskiy konkurs "Otlichniki voyskovoy razvedki" v Novosibirske
Vsearmeyskiy konkurs Otlichniki voyskovoy razvedki v Novosibirske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyadagi harbiy poligonlardan birida zobit askarni o‘z tanasi bilan himoya qilib, qurbon bo‘ldi.

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Rossiyaning Belgorod viloyatidagi harbiy poligonda 20-mart kuni noxush voqea sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan  yosh askar o‘quv-mashg‘ulot vaqtida halqasi chiqarib olingan jangovar granatani qo‘lidan tushirib yuboradi va nima qilishini bilmay qoladi.

"Zobit gangib qolgan askarni itarib yuborib va uni o‘z tanasi bilan himoya qiladi. Granata portlashi oqibatida zobit og‘ir yarador bo‘ladi."

Askarga hech narsa qilmaydi. Shifokorlar zobitning hayotini saqlab qolish uchun oxirigacha kurashishlariga qaramasdan uning hayotini saqlab qolishni iloji bo‘lmadi. Ko‘rsatgan qahramonligi uchun harbiy ofitser davlat mukofotiga tavsiya etildi.

Yangiliklar lentasi
0