Firibgarlar Qirg‘izistonda "Gazprom"ga ishga joylashtirishga o‘tdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishOAO "Gazprom"
OAO Gazprom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Firibgar ish izlab yurgan fuqarolarni topib, ularga katta maoshli ish va’da qilib, ishonchga kirib, minglab dollarlarga odamlarni chuv tushirmoqda. "Kadrlar agentligi" xodimi muqaddam ham shu kabi jinoyat uchun sudlangan bo‘lgan

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Qirg‘izistonda firibgarlar bishkekliklarni "pul evaziga" ishga joylashtirib kelgan, deb xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston poytaxt IIBB matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Rabota sotrudnikov militsii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
"Amerikancha orzu" fuqaroga 10 ming dollarga tushdi

Bishkek IIBB matbuot-kotibi ma’lumotlariga ko‘ra, "kadrlar agenti" harakatlari tufayli besh nafardan ortiq fuqaro jabrlangan. Ularning hammasi ko‘p haq to‘lanuvchi ishga ega bo‘lish uchun kattaroq pul berganlar.

Militsiyaga ariza bilan murojaat qilgan oxirgi jabrlanuvchi "ishga joylashish uchun" 3,1 ming dollar to‘laganini aytgan. Ushbu holat yuzasidan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining "Firibgarlik" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Militsiya xodimlari yovuz niyatli shaxsni qo‘lga olib, u ikki yil ilgari ham xuddi shunday jinoyat uchun olti yilga manzil-koloniyaga mahkum etilganini aniqlaganlar.

Tergov ishlari olib boriladigan muddat — bir yarim oyni u SIZOda o‘tkazishi ma’lum qilinmoqda. Bishkek IIBB hozirda fuqarolarga murojaat qilib, firibgar harakatlaridan jabrlangan boshqa shaxslarni aniqlashtirish bilan shug‘ullanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0