Tojikiston O‘zbekistondan kelgan birinchi vizasiz sayyohlarni kutib oldi

© Komitet po razvitiyu Turizma RTPredstaviteli Tadjikskix turkompaniy vstretili turistov v aeroportu
Predstaviteli Tadjikskix turkompaniy vstretili turistov v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanbe aeroportida 15 kishidan iborat sayyohlar guruhini turistik kompaniyalar vakillari non va tuz bilan kutib olishdi.

TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Dushanbeda O‘zbekistondan ilk bor vizasiz tartibda kelgan sayyohlar guruhi non va tuz bilan kutib olindi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasiga asosan.

“Tojikistonga, hammamiz hurmat qiladigan, qardosh O‘zbekistondan birinchi sayyohlar guruhi yetib keldi. Tojikistonga xush kelibsiz!”, — deyilgan qo‘mita xabarida.

 

Dushanbedagi "Dusti" maydonidagi Ismoil Somoni haykali oldidan turistik kompaniya vakillari "Salom, Tojikiston" tadbirini o‘tkazishdi. Tadbir doirasida  ular o‘z xizmatlari, sayohatni yanada qiziqarli, qulay va unutilmas qiladigan xizmatlar haqida so‘zlab berishdi.

Eslatib o‘tamiz, 9-mart kuni O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari ikki mamlakat fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz kirish haqida shartnoma imzolashgan edi. Ikki kun oldin, 19-martdan boshlab esa – O‘zbekiston va Tojikiston orasida 30 kungacha vizasiz kirib-chiqish tartibi kuchga kirdi.

 

Yangiliklar lentasi
0