Rossiyalik Dmitriy Chudinov o‘zbek bokschisiga qarshi WBC Silver kamari uchun ringga chiqadi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishDmitriy Chudinov
Dmitriy Chudinov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
WBC Silver kamari uchun jang 5-may kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 21 mar – Sputnik. Rossiyalik bokschi Dmitriy Chudinovning menejeri Albert Siyesta bokschining Jahon boks kengashi (WBC) yo‘nalishidagi jangi qachon bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

"Dmitriy Chudinov 5-may kuni O‘zbekistonda WBC Silver kamari uchun Azizbek Abdug‘ofurovga qarshi ringga chiqadi", — dedi Siyesta.

Chudinov 21 jangda g‘alaba qozongan (13 nokaut), ikki bor mag‘lubiyatga uchragan va ikki marta durangga erishgan.

Azizbek Abdug‘ofurov o‘nta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (to‘rt nokaut). Azizbek shu yilning 17-mart kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilgan jangida Janubiy afrikalik Alfonso Tissenni mag‘lubiyatga uchratgan.

Yangiliklar lentasi
0