Andijonda Keniya olimpiya terma jamoasi futbolchilari kutib olindi

© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana Futbolisti sbornoy olimpiyskoy komandi Kenii v Andijane
Futbolisti sbornoy olimpiyskoy komandi Kenii v Andijane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Keniya OTJga qarshi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining 1-o‘rtoqlik uchrashuvi 23-mart kuni Andijon shahridagi "Barkamol avlod" stadionida soat 20:00da boshlanadi

TOShKENT, 21 mar – Sputnik. Bugun tongda Keniya olimpiya terma jamoasi Toshkentga yetib keldi va shu kunning o‘zidayoq keniyalik futbolchilar Andijon shahriga yo‘l olishdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Afrikalik futbolchilarni Andijonda viloyat futbol federatsiyasi mas’ullari, muxlislar va OAV xodimlari kutib olishdi.

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaFutbolisti sbornoy olimpiyskoy komandi Kenii v Andijane
Futbolisti sbornoy olimpiyskoy komandi Kenii v Andijane - Sputnik O‘zbekiston
Futbolisti sbornoy olimpiyskoy komandi Kenii v Andijane

Keniyaliklar mahalliy muxlislar bilan birga Navro‘z bayramini nishonlashdi.

Keniya olimpiya terma jamoasi vakillari Andijondagi "Bog‘ishamol" mehmonxonasiga joylashishdi. Ular bugundan mashg‘ulotlarga kirishishadi.

Eslatib o‘tamiz, Keniya OTJga qarshi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining 1-o‘rtoqlik uchrashuvi 23-mart kuni Andijon shahridagi "Barkamol avlod" stadionida soat 20:00da boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0