Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Navro‘z shodiyonalarida ishtirok etdi

Obuna bo‘lish
Samarqanddagi bayram shodiyonalarida tojikistonlik mehmonlar ham qatnashdi

TOShKENT, 21 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Navro‘z shodiyonalarida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v gulyaniyax v chest Navruza - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev yurtga qut-baraka, xalqqa tinchlik-farovonlik tiladi

“Davlatimiz rahbari viloyat jamoatchiligi, nuroniylar, faollar, yoshlar bilan suhbatlashib, barchani bayram bilan yana bir bor tabrikladi. Samimiy muloqot chog‘ida mamlakatimizdagi islohotlar, odamlar hayotidagi o‘zgarishlar haqida so‘z bordi”, deyiladi xabarda.

Shavkat Mirziyoyev shahardagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘ida o‘rnatilgan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykallari poyiga gul qo‘ydi.

Samarqanddagi bayram shodiyonalarida tojikistonlik mehmonlar ham qatnashdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun ertalab O‘zbekiston prezidenti Toshkent shahrida Navro‘z bayrami tantanalarida ishtirok etgandi.

Yangiliklar lentasi
0