Myanma prezidenti iste’fo berdi

© Fotoxost-agentstvo / Mediabankka o‘tishPrezident Respubliki Soyuz Myanma Txin Chjo
Prezident Respubliki Soyuz Myanma Txin Chjo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Myanma prezidenti 21-mart kuni "dam olish" uchun o‘z lavozimidan voz kechdi

TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Myanma prezidenti 71 yoshli U Txin Chjo ikki yillik boshqaruvdan so‘ng iste’foga chiqdi, deb xabar qilmoqda Sinxua nashri.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Chjo "dam olish uchun" o‘z lavozimidan chetlashgan.

"Myanmi prezidenti U Txin Chjo 21-mart kuni iste’fo berdi", — deyilgan bayonotda.

Ta’kidlanishicha, respublikaning yangi rahbari yaqin yetti kun ichida saylanadi.

Ilgariroq OAVlarda prezident salomatligi yuzasidan iste’foga chiqishi ehtimoli haqida xabarlar tarqalgan, ammo hukumat ushbu xabarni inkor qilib kelayotgan edi.

Txin Chjo universitet professori, yozuvchi. Mamlakat prezidenti etib parlament tomonidan 2016-yilning martida saylangan.

Yangiliklar lentasi
0