O‘zbekistonda birinchi dirijer ayol - Dilbar Abduraxmonova vafot etdi

© Facebook / Gosudarstvenniy akademicheskiy Bolshoy teatr Uzbekistana im. A.NavoiDilbar Abduraxmanova - narodnaya artistka SSSR, pervaya v Uzbekistane jenshina dirijer
Dilbar Abduraxmanova - narodnaya artistka SSSR, pervaya v Uzbekistane jenshina dirijer - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dilbar Abduraxmonova Toshkentdagi Davlat Akademik Katta Teatrida "Aida", "Spartak", Faust", "Otello" kabi mashhur operalar, "Bog‘chasaroy fontani", "Oqqush ko‘li", "Shelkunchik", "Don Kixot" va "Zolushka" kabi baletlar postanovkasida ishtirok etgan

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta Teatrida uzoq vaqt davomida bosh dirijer bo‘lgan, o‘zbekistonlik birinchi dirijer ayol Dilbar Abduraxmonova 82 yoshida vafot etdi.  

“SSSR xalq artisti, O‘zbekistonda birinchi dirijer ayol  – Dilbar Abduraxmonova vafot etdi. Qayg‘udamiz”, — deyilgan teatrning Facebookdagi sahifasida.

Dilbar Abduraxmonova 1936-yilning 1-mayida Moskvada tug‘ilgan. Uning ota-onasi o‘sha vaqt Moskva konservatoriyasida tahsil olayotgan bo‘lishgan.

Dilbar Abduraxmonova professional dirijer sifatida ilk bor 1957-yilda sahnaga chiqadi. Moskvada bo‘lib o‘tgan Umumjahon yoshlar festivalida yosh dirijer 1 darajali Diplom oladi.

1969 yilda O‘zbekistonning birinchi dirijer ayoliga O‘zbekiston SSR Xalq artisti unvoni beriladi. 1974-yildan boshlab Abduraxmonova Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik Katta Teatrida bosh dirijer lavozimiga ishga kiradi va ushbu lavozimda 1990-yilga qadar ishlaydi. Dilbar Abduraxmonova 1977-yilda SSSR Xalq artisti unvoni beriladi.

Ijod faoliyati davomida Dilbar Abduraxmonova 64 ta opera va balet spektakllari postanovkasida ishtirok etdi. Ular orasida "Aida", "Spartak", Faust", "Otello" kabi mashhur operalar,  "Bog‘chasaroy fontani", "Oqqush ko‘li", "Shelkunchik", "Don Kixot" va "Zolushka" kabi baletlar bor.

Yangiliklar lentasi
0