Amerikaning Merilend shtatida maktabda otishma yuz berdi

© REUTERS / Shannon StapletonPolitseyskie
Politseyskie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OAVlarda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, "ko‘plab qurbonlar" bor

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Amerikaning Merilend shtatida maktabda otishma yuz berdi, deb xabar qildi mahalliy NBC telekanali ma’lumoti asosida RIA Novosti.

OAVlarda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, "ko‘plab qurbonlar" bor.

"Salom, Twitter. Men hozir Greyt-Mills maktabidaman. Maktabdan chiqish bloklanganligi taxmini bor, kimdir, balki, o‘lgan ham. Iltimos, biz uchun duo qiling", — deb yozgan Twitter da o‘quv muassasasi o‘quvchi qizlaridan biri.

​Sent-Meri okrugi sherifi Twitterda "hodisa" Greyt-Mills maktabida yuz berganini tasdiqlagan va ota-onalardan bolalarni mashg‘ulotlarga olib bormaslikni iltimos qilgan. 

Hozirga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, maktabdagi otishma oqibatida kamida uch kishi shifoxonaga yetqazilgan.

"Uch kishi kasalxonaga olib kelinganini aniq ayta olamiz", — degan NBC telekanali boshlovchisi.

Yangiliklar lentasi
0