O‘zbek rejissori filmi Turkiy filmlar festivalida qatnashadi

Obuna bo‘lish
Festivalni o‘tkazishdan maqsad turkiy tilli mamlakatlar tomoshabinlari turkiy tilli davlatlar kinematografiyasining eng yaxshi yutuqlarini namoyish etish hamda ushbu mamlakatlar uchun o‘z kinobozorini tashkil etishdan iborat

TOShKENT, 20 mar – Sputnik. Tataristonning Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy filmlar festivalida o‘zbekistonlik rejissor o‘z filmi bilan qatnashadi. Bu haqda tatarkino.ru xabar berdi.

Krasnaya dorojka Kannskogo kinofestivalya: potselui, naradi i Vudi Allen - Sputnik O‘zbekiston
Kann kinofestivalida ilk bor O‘zbekiston paviloni tashkil etiladi

Xabarda aytilishicha, shu yilning 21-25 mart kunlari Qozon shahrida ilk bor Turkiy filmlar festivali bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkmanistondan kino san’ati vakillari qatnashishadi. O‘zbekistondan rejissor Qamara Kamolova o‘zining "Osmonlar ostidagi yo‘l" filmi bilan ishtirok etadi.

Festivalni o‘tkazishdan maqsad turkiy tilli mamlakatlar tomoshabinlariga turkiy tilli davlatlar kinematografiyasining eng yaxshi yutuqlarini namoyish etish hamda ushbu mamlakatlar uchun o‘z kinobozorini tashkil etishdan iborat.

Festival ko‘chma bo‘lib, har yili turli mamlakatlarda o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Qamara Kamolova 1938-yili Buxoro shahrida tug‘ilgan. 1982-yilda "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi" unvoniga ega bo‘lgan. "Achchiq danak", "O‘zganing baxti", "Ertaga chiqasanmi?", "Nabiramiz militsiyada ishlaydi", "Bo‘lmagan narsa haqida" kabi filmlar muallifidir.

Yangiliklar lentasi
0