O‘zbekiston chet el NNTlari faoliyatini qo‘shimcha tarzda tartibga solmaydi

© Sputnik / Aleksey FilippovPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilda ushbu tashkilotlarga turli loyihalar uchun 17 milliard so‘m ajratiladi

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. O‘zbekiston xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) respublikadagi faoliyatini qiyinlashtiradigan yoki qo‘shimcha tarzda tartibga soladigan yangi qonunchilik hujjatlarini qabul qilishni rejalashtirmayapti, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Human Rights Watch - Sputnik O‘zbekiston
Kelasi hafta Human Rights Watch delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi
Bugungi kunda respublikadagi barcha NNTlar faoliyati "Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida"gi qonun bilan tartibga solinib kelinadi. Faqatgina joriy yilning o‘zida ularga turli loyihalar uchun 17 milliard so‘m ajratiladi.

Shu bilan bir qatorda OAVlarda O‘zbekistonda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining ro‘yxatdan o‘tkazilishi jarayoni va faoliyati qiyinlashtirilgani haqida xabarlar muntazam ravishda berilib boriladi.

"O‘ylashimcha, chet el NNTi faoliyatini tartibga soluvchi alohida qonunchilik hujjatlari bo‘lmaydi. Qonunchilik jihatdan konfrontatsiya yo‘lidan borishni istamaymiz. Bizda barcha teng. Umuman olganda, bunday tashkilotlar faoliyati kafolati haqidagi hujjatlarimizda mahalliy NNTlarning xalqaro faoliyati, shuningdek, bizning chet el NNTlari bilan hamkorligimiz haqida barcha zarur nizomlar mavjud. Ushbu normalar, men o‘ylaymanki, yetarli", — deb ta’kidlagan Sputnik nashriga parlament quyi palatasining deputati, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz rahbari Akmal Saidov.

Saidovning so‘zlariga ko‘ra, yaqin vaqtda mamlakatda bir nechta yirik xalqaro nodavlat tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha masala hal etiladi.

Qayd etish joizki, bugungi kunda jahonning ko‘plab mamlakatlari o‘z hududidagi NNTlar faoliyatini tartibga solib boradi. AQSh qator qonunlar yordamida o‘z hududidagi tashqi kuchlar harakatlari va faoliyatini qat’iy tartibga solib boradi. Ana shulardan biri chet el agentlarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Aktdir.

2012 yilda Rossiya chet eldan moliyalashtiriladigan va siyosiy faoliyatda ishtirok etadigan barcha NNTlar, chet el agentlari deb tan olinishi haqida qaror qabul qildi. So‘ngra "nomaqbul tashkilotlar" tushunchasi paydo bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0