Toshkentda Navro‘z kuni bayram tadbirlari o‘tkaziladigan manzillar e’lon qilindi

© Sputnik / Xulkar IbragimovaPrazdnovanie Navruza v Tashkente
Prazdnovanie Navruza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxtning har bir tumani markazida 21-mart kuni soat 10:00dan 18:00ga qadar bayram tantanalari bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 19 mar – Sputnik. Toshkent hokimiyati Navro‘z bayrami kunlari shaharda umumxalq bayram tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar va istirohat bog‘lari ro‘yxatini e’lon qildi.

Toshkent shahridagi har bir tuman markaziy maydonlarida “Navro‘z” umumxalq bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. 21-mart kuni 10:00dan 18:00ga qadar quyidagi manzillarda bayram tantanalari bo‘lib o‘tadi:

  • Shahar asosiy sahnasi: “O‘zekspomarkaz” hududidagi maydon, asosiy sahna maydonida;
  • Bektemir tumanida: “Quyoshcha nuri” bog‘i hududida tashkil etiladi.
  • Mirobod tumanida: “Furqat” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida hamda “Temiryo‘lchilar”  madaniyat saroyida tashkil etiladi.
  • Mirzo Ulug‘bek tumanida: “Lokomotiv” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida hamda “Bobur” nomidagi eko bog‘da tashkil etiladi.
  • Sergeli tumanida: “Yoshlar” bog‘ida hamda “Grin Park” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i (sobiq “Sohil” bog‘i)da tashkil etiladi.
  • Uchtepa tumanida: “Eko” bog‘ida va “Bog‘i shamol” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida tashkil etiladi.
  • Olmazor tumanida: “Abdulla Qodiriy” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida hamda Talabalar shaharchasida bayram keng nishonlanadi.
  • Chilonzor tumanida: “G‘ofur G‘ulom” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida va “Akva” bog‘ida tashkil etiladi.
  • Shayxontohur tumanida: “Lokomativ” madaniyat va istirohat bog‘ida hamda “Navro‘z” madaniyat va istirohat bog‘ida, “Ibn Sino” madaniyat va istirohat bog‘ida keng nishonlanadi.
  • Yunusobod tumanida: Toshkent hayvonot bog‘i oldidagi maydonda tashkil etiladi.
  • Yakkasaroy tumanida: “Do‘stlik” nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida tashkil etiladi.
  • Yashnobod tumanida: “Ashxobod” sayilgohida hamda “Do‘stlik” bog‘ida tashkil etiladi.

Xabar so‘nggida Toshkent hokimiyati poytaxt aholisi va mehmonlarini “Navro‘z” bayrami bilan tabriklab iliq so‘zlar aytgan.

"Yana bir bora siz aziz hamshaharlarimiz va shahrimiz mezbonlarini “Navro‘z” umumxalq bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!", — deyilgan rasmiy xabarda.

Yangiliklar lentasi
0