Sudyalarga o‘qotar qurol beriladi

© Sputnik / Georgiy Zimarev / Mediabankka o‘tishpistolet Makarova
pistolet Makarova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sudyalarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularga, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, o‘qotar qurol beriladi.

TOShKENT, 19 mar – Sputnik. Sudyalar, sud jarayonlari xavfsizligi haqida Adliya vazirligining yangi 2981-sonli yo‘riqnomasi qabul qilindi, deb xabar qilmoqda vazirlik o‘zining telegram kanalida.

Yangi yo‘riqnomada, jumladan quyidagilar belgilangan:

  • sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilari hamda yaqin qarindoshlarining xavfsizligini ta’minlash ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi;
  • o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar, basharti ular sud protsessida ishtirok etuvchi shaxs bo‘lmasalar sud majlisi zaliga kiritilmaydi;
  • sudga tashrif buyuruvchi shaxslar sud binosiga shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida kirib chiqadi;
  • sud binosiga mobil telefon, audio, foto va video qayd etish vositalari hamda elektron ma’lumot tashuvchi va uzatuvchi uskunalarni raislik qiluvchining ruxsatisiz olib kirish taqiqlanadi;
  • sudyalarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘qotar qurol beriladi;
  • Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi;

Ushbu yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qarori bilan 2018 yilning 15-mart kuni tasdiqlandi va 16-martdan boshlab kuchga kirdi. Yo‘riqnomaning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin

Yangiliklar lentasi
0