Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni ishonchli g‘alaba bilan tabrikladi

© SputnikPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident tabriknomasida O‘zbekiston va Rossiya orasidaga ittifoqchilik munosabatlari mustahkamligi alohida ta’kidlab o‘tildi

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni saylovida erishgan ishonchli g‘alaba bilan qutladi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Prezident tabriknomasida saylov natijalari Vladimir Putin olib borayotgan ichki va tashqi siyosatga Rossiya xalqi bildirgan ishonchini namoyish qilgani aytib o‘tilgan.

"Saylov natijalari Vladimir Putin rahbarligida amalga oshirilayotgan har tomonlama o‘ylangan, Rossiya jamiyatini birlashtirish, odamlar turmush darajasini yuksaltirish, iqtisodiyot, infratuzilma va davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, davlat suverenitetini qat’iy himoya qilish va Rossiya Federatsiyasining jahonda muhim o‘rin tutgan davlat sifatidagi rolini mustahkamlashga qaratilgan siyosatga Rossiya xalqi tomonidan ulkan ishonch bildirilayotgani va har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganini yana bir bor namoyish etgani qayd etilgan", — deyilgan xabarda.

Shuningdek, tabrik so‘zida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining mustahkamlangani alohida ta’kidlab  o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0