Chet elliklar xalqimizning ilmiga, madaniyatiga qoyil qolishi kerak - Shavkat Mirziyoyev

© Press slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari
Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Imama Buxari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident berilgan vazifalar ijrosi bilan tanishish uchun Samarqandga keldi

Maqbara hovlisida ushbu majmuani rekonstruksiya qilish, atrofini kengaytirish konsepsiyasi taqdimoti o‘tkazildi. Loyihaga ko‘ra, maqbara atrofidagi ulkan hududda mehmonxonalar, uy-joylar, maktab, shohbekat, savdo va xizmat ko‘rsatish shohobchalari qurish, xiyobonlar tashkil etish rejalashtirilgan.

"Bu yerga kelgan odam o‘ziga ma’naviyat olib ketishi kerak. Chet elliklar xalqimizning ilmiga, madaniyatiga qoyil qolishi kerak. Shuning uchun yana o‘ylanglar, qurilishni rejali, bosqichma-bosqich amalga oshiringlar", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident loyihani takomillashtirish, majmuadagi sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston prezidenti berilgan vazifalar ijrosi bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga tashrifini boshladi.

Yangiliklar lentasi
0