TOShKENT, 17 mar — Sputnik. 2018-yil 17-fevral kuni Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan P.B. tug‘ishdan keyingi asoratlari bilan tuman kasalxonasiga yotqizilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, u 15 fevral kuni uyida qiz bola chaqaloq tuqqanligi va chaqaloqni paketga solib, uyiga yashirib qo‘yganligi aniqlangan.
O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, chaqaloq tirik holda tug‘ilganligi, unga yengil jarohat yetkazilganligi va o‘limiga yopiq muhitdan kelib chiqqan mexanik asfiksiyadan o‘lganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.