TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekistonda sayyohlar oqimi ortib bormoqda. Jumladan, shu yil yanvar-fevral oylarida respublikaga sayyohlar oqimi 65 foizga ko‘paydi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shoxrux Shoraxmetov ma’lum qildi.
"Hozirda sayyohlar oqimi yiliga 30 foizga ko‘paymoqda. 2017-yilda respublikaga 3 million sayyohlar tashrif buyurdi, bu 2016-yilga nisbatan 30 foizga ko‘p, ulardan 2 milliondan ortiq sayyohlar qo‘shni davlatlardan, 120 ming esa Rossiya fuqarolaridir. Bu o‘sish surati saqlanib qolinsa, shu yilda sayyohlar sonini 4 millionga yetkazish mumkin. Yanvar-fevral oylarining o‘zida sayyohlar oqimi 65 foizga ko‘paydi", — dedi Shoraxmetov O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida bo‘lib o‘tkazilgan sayyohlik sohasining taqdimot tadbirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sayyohlar O‘zbekistonda o‘rtacha 3 kun o‘tkazishadi.