TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Farg‘ona shahrida yashovchi 23 yoshli yigit o‘z otasini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
"Farg‘ona shahrida 14-mart kuni soat 22-10larda Yurtparvar ko‘chasi 94-uyda yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan M.Mirzadavlatov Motrudiy ko‘chasida joylashgan "Mirzadavlat" nomli oziq-ovqat savdo do‘koni yerto‘lasida o‘zaro janjal oqibatida 1968-yilda tug‘ilgan otasi Q.Ochildinovga pichoq urgan. Natijada Q.Ochildinov kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan", — deyilgan IIV xabarida.
Huquq tartibot xodimlari tomonidan M.Mirzadavlatov qo‘lga olingan.