DXX Qirg‘iziston bilan chegarada 210 ming dollarlik tilla taqinchoqlarni aniqladi

© INDRANIL MUKHERJEE / AFPZolotie ukrasheniya
Zolotie ukrasheniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namangan viloyatida Qirg‘iziston bilan chegarasida o‘tkazilgan maxsus tadbir davomida 8,83 kilogramm og‘irlikda bo‘lgan tilla taqinchoqlar aniqlandi

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Qirg‘iziston bilan chegara oldida 210 ming dollarlik tilla taqinchoqlar kontrabandasini to‘xtatib qolishdi, deb xabar qildi DXX axborot markazi.

Dollari SShA izyatie pravooxranitelnimi organami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 500 ming dollardan ortiq mablag‘ kontrabandasi oldi olindi

Axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyatida Qirg‘iziston chegarasi oldida o‘tkazilgan maxsus tadbir davomida og‘irligi 8,83 kilogramm og‘irligidagi tilla taqinchoqlar aniqlandi.

"Ekspert xulosasiga ko‘ra, xorijda ishlab chiqarilgan tilla buyumlari tilla bozorida katta talabga ega. Respublikaga olib kirilgan buyumlarning o‘rtacha bozor qiymati 1,7 million so‘mni (210 ming dollarga yaqin) tashkil qiladi", — deyilgan xabarda.

Ushbu jinoyatga aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval respublika huquq tartibot organlari va OAVlari bir necha bor Qirg‘iziston chegarasida kontrabanda holatlari to‘g‘risida xabar berishgandi. Xususan, yanvar oyida Farg‘ona viloyatida yashovchi shaxs 5 kilogramm og‘irlikdagi oltin quyma bo‘laklarini (1,6 milliard so‘m — 195 ming dollar) olib o‘tishda gumonlanuvchi tariqasida qo‘lga olingan.

O‘zbekistonda qabul qilingan tovarlarni olib kirish va olib chiqishning belgilangan meyorlarga muvofiq, jismoniy shaxslarga besh donagacha zargarlik buyumlari (qimmatbaho metallarning umumiy og‘irligi 30 grammdan ortiq bo‘lmagan) aksiz solig‘ini to‘lamasdan olib o‘tishga ruxsat beriladi. Bu buyumlarni bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tgan holda olib o‘tiladi.

Yangiliklar lentasi
0