TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining sobiq boshlig‘i polkovnik Abdukarim Shodiyev ushlangani haqidagi xabar noto‘g‘ri tarqatilgani aniqlandi, deb ma’lum qildi O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
"Polkovnik Abdukarim Abduraxmonovich Shodiyev 2017-yilning avgust oyidan buyon O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi fakultet boshlig‘i lavozimida xizmat faoliyatini davom ettirmoqda", deyiladi IIV saytida berilgan rasmiy ma’lumotda.
Avvalroq ayrim xorijiy OAVda Abdukarim Shodiyev hibsga olingani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yil fevral oyi oxirlarida O‘zbekiston IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Bahrombek Odilov tayinlangandi.