Yoqutistonda oltin yomg‘iri: samolyot juda qimmatbaho yukni yo‘qotib qo‘ydi

© Foto : telegram-kanal "Sledkom"Vzletno-posadochnaya polosa aeroporta "Yakutsk" s rassipannim gruzom iz samolyota An-12
Vzletno-posadochnaya polosa aeroporta Yakutsk s rassipannim gruzom iz samolyota An-12 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yuk samolyoti qimmatbaho yukni yo‘qotib qo‘ydi: mahalliy OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot yuk lyukidan 9 tonnaga yaqin oltin yombilar tushib ketdi

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Yakutsk aeroportidan parvozni boshida samolyot yuk lyukidagi qopqog‘ini yo‘qotib qo‘yadi.

Otkritie gen.konsulstva Uzbekistana v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar himoya ostida: Sankt-Peterburgda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ochildi

Transport prokuraturasi samolyot bilan sodir bo‘lgan bu voqea joyiga yetib borishdi.

"Voqea joyiga Yoqutiston transport prokurorlari chiqib ketishdi", — deb xabar qildi RIA Novosti Sharqiy — Sibir transport prokuraturasi vakiliga tayangan holda.

Payshanba kuni aynan parvoz boshlanganda kuchli havo oqimi tufayli «Nimbus» aviakompaniyasiga tegishli AN-12 yuk samolyotining chap tomon lyukidagi qopqoq otilib, bortdagi oltinlar to‘kilib ketgan. Ekipaj samolyotni ortga qaytarishga qaror qiladi.

Lyuk qopqog‘i otilganda "juda qimmatbaho yuk" yo‘qotilgan. Hozirda aeroport politsiyasi barcha atrofida bo‘lgan odamlar, shu jumladan haydovchilarni tekshiruvdan o‘tkazmoqda.

Rasmiy OAVlarning ma’lumotlariga ko‘ra, "Nimbus" aviakompaniyasiga qarashli bo‘lgan Krasnoyarsk — "Kupol" koni yo‘nalishida parvozni amalga oshirishi kerak bo‘lgan samolyotga 9 tonnaga yaqin oltin yombilar ortilgan.

Internetda samolyotdan yo‘lga noma’lum metalldan yasalgan quymalar sochilib yotgan foto suratlar paydo bo‘lmoqda.

Yangiliklar lentasi
0