Nazarbayev meva-sabzavotlarni qo‘shnilardan sotib olishga da’vat qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev
Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvida asosiy mavzulardan biri o‘zaro savdo-sotiqni rivojlantirish bo‘ldi.

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarbayev respublikaga meva-sabzavotlarni Markaziy Osiyo mamlakatlaridan import qilishga da’vat qildi.

Qozog‘iston prezidenti aytishiga qaraganda respublikalar yaqin qo‘shnilarda bor mahsulotlarni allaqayerlardan olib kelishmoqda.

“Statistik  ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘iston o‘zida bor mahsulotlarni allaqayerlardan olib keladi. Tojikiston esa GES qurilishi uchun kerakli metallni Yevropadan sotib olmoqda. Bizning Karagandadagi metallurgiya kombinati ham o‘sha armaturadan istaganicha ishlab chiqarishi mumkinku”, — dedi Nazarbayev.

Uchrashuv davomida davlat rahbarlari o‘zaro eksport-import operatsiyalarini batafsil muhokama qilishdi.

Reka Sirdarya v rayone goroda Leninabada - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo davlatlari suv muammosini siyosiy savdolashuvlarsiz hal etadi

“Meva-sabzavotlar allaqachon pishib yetishgan O‘zbekiston va Tojikistonda usha anorlar ham bor. Lekin, buni qarang-ki, biz qulupnayni Isroildan olib kelayapmiz. Ushbu savdodan manfaatdor bo‘lgan amaldorlarni fikrini o‘zgartirish — bu oddiy masala emas. Ularning chet mamlakatlarda do‘stlari bor. Ular o‘sha yoqdan mahsulot olib kelishdan manfaatdor”, — dedi Qozog‘iston prezidenti.

Bugun Ostonada, Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil qilingan, Markaziy  Osiyo mamlakatlari rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ushbu davra uchrashuvi 2019-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0