Sifatsiz internet va aloqa uchun jarimalar miqdori tasdiqlandi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishMobilnie operatori "Megafon" i "Bilayn"
Mobilnie operatori Megafon i Bilayn - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil 1-iyundan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun moliyaviy jarimalarning yangi miqdorlari amalga kiritildi.

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yil 1-iyundan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun moliyaviy jarimalarning yangi miqdorlari amalga kiritildi.

"O‘zbektelekom": yil oxiriga borib internet o‘n baravar tez ishlaydigan bo‘ladi

Jarimalar 2018-yil 1-iyundan kiritiladi.

"Qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun moliyaviy sanksiyalar (jarimalar)ni hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin va 2018-yil 1-iyundan boshlab amalga kiritilsin", — deyilgan Vazirlar Mahkamasi qarorida.

Jarima solinadigan qonunbuzarliklarning turlariga kabel va efir-kabel teleeshittirish, mobil aloqa, ma’lumotlar uzatish tarmog‘i, xalqaro ovozli trafik, telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari tomonidan ko‘rsatiluvchi xizmatlar, statistika hisobotini taqdim etish sohasidagi qonunbuzarliklar kiritildi.

Eng yuqori jarima bu qonunga xilof ravishda xalqaro so‘zlashuvlarni amalga oshirishda foydalanilgan har bir aniqlangan abonent raqami uchun — 12,06 million so‘m (83 877 rubl).

Eng kichik jarima bu korxona aybi bilan ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga normativdan ortiq muddatlarda foydalanishni tiklash vaqti, har bir to‘liq soat uchun — 1722 so‘m (12 rubl).

Moliyaviy jarimalar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya tomonidan texnik parametrlar, texnik foydalanish qoidalari, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ishlashi, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifati buzilganligi uchun ko‘rsatkichlarning yagona tizimi bo‘yicha hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0