Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda uch mansabdor lavozimidan bo‘shatildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev 14-marta provel soveshanie po voprosam razvitiya selskoxozaystvennogo mashinostroyeniya i obespecheniya agrarnoy otrasli sovremennoy texnikoy.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-marta provel soveshanie po voprosam razvitiya selskoxozaystvennogo mashinostroyeniya i obespecheniya agrarnoy otrasli sovremennoy texnikoy. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sohani rivojlantirish maqsadida 2018-2021 yillarda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi

TOShKENT, 14 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-mart kuni qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish va sohani zamonaviy texnika bilan ta’minlash borasidagi ishlar natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

"Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish, servis xizmatini yaxshilash, importni optimallashtirish, eksportni kengaytirish bo‘yicha muayan kamchiliklar mavjudligi, qishloq xo‘jaligi texnika bilan 85 foiz ta’minlangani, ularning ma’lum qismi eskirgani, ularni o‘z vaqtida yangilash choralari ko‘rilmagani qattiq tanqid qilindi", — deyiladi xabarda.

Yig‘ilish davomida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida nazorat qilmagani uchun bosh vazir o‘rinbosari —"O‘zagrotexsanoatxolding" aksionerlik jamiyati boshqaruvi raisi N. Otajonovga hayfsan berildi. Ishda yo‘l qo‘ygan sustkashliklari uchun "O‘zagrotexsanoatxolding" aksionerlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosarlari —"O‘zagroservis" aksionerlik jamiyati bosh direktori R. Ahmedov, "O‘zagrolizing" aksionerlik jamiyati bosh direktori X. Imamov, Vazirlar Mahkamasi Axborot tahlil departamenti mudiri A. Rafiqov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish, sohani rivojlantirish maqsadida 2018-2021 yillarda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Bahorgi agrotexnika tadbirlari uchun rejalashtirilgan texnikani to‘liq yetkazib berishni qattiq nazoartga olish, mashina-traktor parklari tizimini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2016-yil 17-noyabrdagi "O‘zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tizimi qayta tashkil etildi.

2017 yilda qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va lizing xizmatlari 1,7 marta, mexanizatsiya xizmatlari 2,5 barobar ortdi.

Yangiliklar lentasi
0