Britaniya muzeyi O‘zbekistonga Mirzo Ulug‘bek piyolasining nusxasini tayyorlab beradi

© SputnikPamatnik Mirzo Ulugbeku v posolstve Uzbekistana v Rossii
Pamatnik Mirzo Ulugbeku v posolstve Uzbekistana v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uzunligi 15 santimetrga teng bo‘lgan mazkur piyola yuz qismiga "Ulug‘bek Ko‘ragon" deb yozilgan

TOShKENT, 14 mar – Sputnik. Londonda O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi, Toshkent islom universitetining Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi rahbarlaridan iborat guruh Britaniya muzeyi direktori Hartvig Fisher bilan uchrashdi. Bu haqda "Jahon" AA xabar berdi.

Bu muzeyda O‘zbekiston tarixiga oid o‘ta noyob eksponat – Mirzo Ulug‘bek suv ichgan piyola saqlanadi. Uzunligi 15 santimetrga teng bo‘lgan mazkur piyola yuz qismiga "Ulug‘bek Ko‘ragon" deb yozilgan. U yashil rangli nefrit toshdan, o‘ta mohirlik bilan sayqallangan. Idish bandi ajdar shaklida bo‘lib, og‘zi piyola uchini tishlagan, oyoqlari esa yerga tegib turadi. Uning og‘iz tegar yeri lab shaklida, unga "Karami Haqqa nihoyat yo‘q" ("Alloh taolo karamining cheki yo‘q") yozuvi bitilgan.

© IA JaxonPiala Mirzo Ulugbeka v Britanskom muzee
Piala Mirzo Ulugbeka v Britanskom muzee - Sputnik O‘zbekiston
Piala Mirzo Ulugbeka v Britanskom muzee

"O‘sha vaqtlar Movarounnahrda nefrit toshi noyob sanalgan. Chaqmoq urishidan saqlash maqsadida piyola nefritdan ishlangan. Ajablanarlisi shundaki, ushbu toshdan yasalgan idishga solingan zahar o‘z ta’sir kuchini yo‘qotgan. Shu bois, bunday piyola egalari ichimlikni bexavotir iste’mol qilishgan", — deyiladi xabarda.

Britaniya muzeyidagi uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini izhor etdi. Muzokaralar natijasida Britaniya muzeyi xodimlarining O‘zbekistonga safarini tashkil etish, o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, muzey fondida saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiga oid nodir eksponatlarni tadqiq etish, ularning kataloglarini yaratish, o‘zbekistonlik mutaxassislarning mazkur muzeyda amaliyot o‘tashlarini joriy qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Mazkur muzey O‘zbekiston buyurtmasiga binoan Mirzo Ulug‘bek foydalangan nodir piyolaning nusxasini tayyorlab berishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Britaniya muzeyi o‘zida 8 milliondan ziyod ashyolarni to‘plagan bo‘lib, har yili bu yer 7 million nafarga yaqin kishini qabul qiladi.

Yangiliklar lentasi
0