O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Dushanbeda o‘zbek mahsulotlarining ko‘rgazmasini ochishdi.
O‘zbekiston korxonalari ko‘rgazmada texnika, qurilish materiallari, elektrtexnika, kimyo va mineral o‘g‘itlar, farmatsevtika, oziq-ovqat, yengil sanoat va charm mahsulotlar, mebel hamda maishiy mahsulotlarini havola etishgan.
Ko‘rgazma Dushanbe shahridagi "Manej" sport majmuasida o‘tmoqda.